Yer va mol-mulk solig‘idan qarzdor fuqarolarga elektr uchun to‘lovlar cheklanadi

02.12.2025 05:48
Aholining soliq qarzi belgilangan miqdordan oshganda, elektr energiyasi uchun to‘lov qilish cheklanadi. Ushbu mexanizm dastlab 2026-yilning 1-yanvaridan boshlab Namangan viloyatida sinov tariqasida amalga oshiriladi.
Yer va mol-mulk solig‘idan qarzdor fuqarolarga elektr uchun to‘lovlar cheklanadi

Foto: caravan.kz

Aholining soliq qarzi belgilangan miqdordan oshganda, elektr energiyasi uchun to‘lov qilish cheklanadi. Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, aholidan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlikni undirishning yangi mexanizmi joriy etiladi. 

Ushbu mexanizm dastlab 2026-yilning 1-yanvaridan boshlab Namangan viloyatida sinov tariqasida amalga oshiriladi. 

Soliq qo‘mitasi sinov natijalariga asoslanib, kelasi yilning 1-oktyabrigacha mamlakatning qolgan hududlarida ham bu tizimni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritishi belgilangan. 

Ma’lumot uchun, mazkur tizim chiqindi to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik uchun elektr energiyasiga to‘lovlarni cheklash tartibi kabi ishlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, 1-avgustdan boshlab chiqindidan qarzi borlarga elektr uchun to‘lov qilish cheklanadi.

2025-yil 12-iyul holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida mol-mulk va yer solig‘idan qarzdor bo‘lgan aholi soni 369 ming kishini tashkil etadi. 

Ularning 43,4 ming nafari yoki 12 foizining qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshgan.

#soliq#cheklov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar