O‘zbekistonda dollar kursi 9 oyda qariyb 1 200 so‘mga arzonladi

02.12.2025 09:53
3-dekabr kuni uchun dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11 880 so‘m etib belgilandi. Bu 2023-yilning 10-avgustidan keyingi davrda kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir. Rasmiy kurs yil boshiga nisbatan esa 1 040 so‘mga arzonlagan.
O‘zbekistonda dollar kursi 9 oyda qariyb 1 200 so‘mga arzonladi

Foto: Kun.uz

Markaziy bank 3-dekabr kuni uchun dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini 11 880,93 so‘m etib belgiladi

Bu 2023-yilning 10-avgustidan keyingi davrda kuzatilgan eng past ko‘rsatkichdir. 

Rasmiy kurs noyabr oyining boshiga nisbatan 125 so‘mga, yil boshiga nisbatan esa 1 040 so‘mga arzonlagan. 

Joriy yilning 14-fevralida amalda bo‘lgan kurs bilan taqqoslaganda esa 1 124 so‘mga pasaygan. 

Ma’lumot uchun, 14-fevral kuni O‘zbekistonda dollar kursi ilk bor 13 mingdan oshib, 13 004 so‘mni tashkil etgan edi. 

Iqtisodchi Mirkomil Xolboyevning yozishicha, O‘zbekistonda dollar kursining pasayishi may oyidan keyin tezlashgan. Ungacha esa deyarli o‘zgarish kuzatilmagan. 

Bunda rasmiy kurs may oyidan buyon 8,7 foizga mustahkamlangan. 

Taqqoslash uchun, shu davrda rubl dollarga nisbatan 3,7 foizga mustahkamlangan bo‘lsa, tenge 1,2 foizga qadrsizlangan. 

Dollar kursining pasayishiga bir qancha omillar qatori oltin eksport hajmining oshishi ham ta’sir ko‘rsatmoqda. 

Ma’lumot uchun, yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston 9,9 mlrd dollarlik oltin eksport qilgan

Markaziy bank valyuta bozori tahlilida dollar kursining joriy yilda tebranuvchanligi ortganini ta’kidlagan. 

Buni kursning bir kunda 100 so‘m atrofida arzonlashib, qimmatlashgani bilan izohlash mumkin.

#dollar_kursi#Mirkomil_Xolboyev#oltin

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar