Afg‘onistonda biznes yuritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlanadi

02.12.2025 13:09
Hayraton yoki Mozori Sharifda ombor ochgan O‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun omborni saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘liq qoplab beriladi. Shuningdek, mahsulotlarni reklama qilish xarajatlari ham davlat tomonidan to‘liq qoplanadi.
Afg‘onistonda biznes yuritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlanadi

Foto: brookings.edu

Davlat tadbirkorlarni Afg‘oniston bozoriga chiqishda bir qancha imtiyozlar bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati ma’lum qildi

Unga ko‘ra, Hayraton yoki Mozori Sharifda ombor ochgan tadbirkorlar uchun omborni saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘liq qoplab beriladi. 

Shuningdek, mahsulotlarni Afg‘onistonning 34 viloyatida reklama qilish xarajatlari ham davlat tomonidan to‘liq qoplanadi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Afg‘onistonni bog‘laydigan Termiz — Hayraton ko‘prigi fuqarolar uchun ochildi

Endi yo‘lovchilar ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Viza talabi esa o‘z kuchida qolmoqda. 

Ma’lumot uchun, ushbu ko‘prik orqali ikki davlat o‘rtasidagi qatnov 2021-yilda cheklangan edi. 

Bu cheklov tadbirkorlarning Afg‘onistonga borishini sezilarli darajada qiyinlashtirgan edi. 

Chegaradan o‘tish tartibining qayta tiklanishi eksport qiluvchilar uchun katta qulaylik yaratadi. 

Ilgari tadbirkorlar Ayritomdan 75 km masofada joylashgan (1 soatlik yo‘l) Mozori Sharifga yetib borish uchun Tojikiston orqali bir kunlik aylanma yo‘ldan foydalanishga majbur bo‘lgan. Endi bu cheklovlar bekor qilindi va yo‘l qayta ochildi.

#afg'oniston#hayraton

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar