2026-yildan boshlab kartoshka yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari joriy etiladi.
Bu haqda Prezident 2-dekabr kuni Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qildi.
Mexanizmga ko‘ra, kartoshka yetishtiruvchilarga mineral o‘g‘it, texnika, yoqilg‘i va boshqa xarajatlar uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan bir yillik muddatga 12 foizli kredit beriladi.
Shuningdek, sug‘orish nasoslariga quyosh panellari o‘rnatish xarajatining yarmi qoplanadi. Bundan tashqari, sug‘orish nasoslarining elektr xarajati 50 foizgacha qoplab beriladi.
Shu bilan birga, chetdan keltirilgan kartoshka ekish va yig‘ib olish texnikalari bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.
Qolaversa, super elita va elita urug‘larini fermerlarga yetkazib berilguncha muzlatkichli omborxonalarda saqlash xarajatining 50 foizini qoplash mexanizmi ham joriy etiladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida 1,8 mlrd dollarlik meva-sabzavot eksport qilgan.
