Toshkentdagi avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagan 20 mingta yo‘lovchi jarimaga tortildi

03.12.2025 08:22
2025-yilning yanvar-noyabr oylarida Toshkent shahridagi avtobuslarda 19 632 nafar yo‘lovchi yo‘l haqini to‘lamagani aniqlandi. Transport nazorati inspeksiyasi ularning har biriga 41 200 so‘mdan jarima solgan.
Toshkentdagi avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamagan 20 mingta yo‘lovchi jarimaga tortildi

Foto: yuz.uz

Toshkent shahridagi avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamaganlar jarimaga tortildi. Bu haqda Transport nazorati inspeksiyasi xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, inspeksiya 11 oy mobaynida yo‘l haqini to‘lamaslik bo‘yicha 19 632 ta qoidabuzarlik holatini aniqlagan. 

Natijada, ularga tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilib, har biriga 41 200 so‘mdan jarima solingan. 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yildan boshlab Toshkent shahrida avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatildi. 

Oktyabr oyiga kelib esa, Toshkent shahar yo‘lovchi tashish faoliyatini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari qoidabuzarlarga nisbatan mustaqil ravishda jarima bayonnomalarini tuzishni boshladi. 

Ma’lumot uchun, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida Toshkent shahridagi avtobuslarda 300 mlnta tranzaksiya amalga oshirilgan

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 71,4 mlntaga yoki 31 foizga ko‘pdir.

#jamoat_transporti#jarima

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar