3-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida deputatlar 2026-yil uchun O‘zbekistonning budjet to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, 2026-yilda ijtimoiy sohaga 220 trln so‘m ajratiladi. Bu umumiy budjet xarajatlarining 55 foizi deganidir.
Shuningdek, xarajatlarning 25,5 foizi ta’lim va ilm-fanga, 12,1 foizi sog‘liqni saqlashga, 4,2 foizi esa aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiriladi.
Avvalroq, 2026-yilda har bir davlat tashkilotiga qancha mablag‘ ajratilayotgani haqida ma’lumot bergandik.
Prognozlar
Budjet loyihasiga ko‘ra, 2026-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining (YaIM) real o‘sish sur’ati 6,6 foizga ko‘tarilib, aholi jon boshiga 4 026 dollarni tashkil etishi kutilmoqda.
2026-yilda davlat budjeti daromadlari 368,9 trln so‘m, xarajatlari esa 402,4 trln so‘mni tashkil etishi taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, mamlakat yalpi ichki mahsulotining real o‘sish sur’ati esa 6,6 foizga yetib, aholi jon boshiga 4 026 dollarga yetishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2026-yilda budjet taqchilligining eng yuqori chegarasi 59,9 trln so‘m etib belgilandi.
Davlat keyingi yilda valyuta xatarlarini kamaytirish maqsadida 30 trln so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarini chiqarish rejalashtirilgan.
