Asia Alliance Bank Humans kompaniyasidan 65 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda bankning rasmiy sahifasida e’lon qilindi.
Xabarga ko‘ra, Humans Asia Alliance Bank oldida bir qator majburiyatlarga ega.
Xususan, tuzilgan shartnoma shartlari muntazam ravishda buzilgan va zimmasiga olingan majburiyatlar bajarilmagan.
Bank shu sababli qarzdorlikni undirish jarayonini boshlashga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.
Natijada, tegishli ishlarni sud instansiyalarida ko‘rish jarayonida bank tomonidan 65 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirish bo‘yicha da’vo arizalari kiritilgan.
Bank o‘z xabari yakunida konstruktiv muloqot uchun ochiqligini va yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan bankning pozitsiyasi bo‘yicha tushuntirish berishga tayyorligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Octobank ham Humans kompaniyasi ustidan sudga murojaat qilgan edi.
Unga ko‘ra, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida 500 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik va zararlarni undirish bo‘yicha da’vo ishini ko‘rib chiqib, bank foydasiga qaror chiqargan edi.
