Ayollarning kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlari kengaytiriladi. Bu borada Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026-2027-yillarda 6 ming nafar ayolning tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trln so‘m ajratiladi.
Mazkur mablag‘lar HAMROH xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tomonidan yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, 2,8 ming nafar ayol tadbirkorlikka o‘qitiladi. Shuningdek, 2 ming nafar ayolning tadbirkorlik faoliyatiga hamrohlik asosida yordam ko‘rsatiladi.
Qarorda mahallalarda ayollarning bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini kengaytirish ham nazarda tutilgan.
Unga ko‘ra, ushbu markazlar tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, ayollarni kasbga o‘qitish kabi faoliyatlarni tashkil etish uchun ijaraga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 300 mln dollar miqdorida kredit berishni ma’qulladi.
Mazkur mablag‘lar ayollar boshqaradigan korxonalar uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
