Ayollarning biznes loyihalari uchun 10,3 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi

04.12.2025 17:03
2026-yildan 1-yanvardan tadbirkor ayollarning loyihalariga 24 foizgacha bo‘lgan stavkada imtiyozli kredit ajratiladi. Ushbu kredit ayollar ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan ta’sischilar tarkibiga ega loyihalarga beriladi.
Ayollarning biznes loyihalari uchun 10,3 mlrd so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi

Foto: Oliy Majlis Senati matbuot xizmati

O‘zbekistonda ayollarning tadbirkorlik loyihalari moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi. Bu borada Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, HAMROH dasturi doirasida ayollarning tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash amalga oshiriladi. 

Dasturga binoan, 2026-yil 1-yanvardan tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning asosiy stavkasidan 10 foiz punkt yuqori stavkagacha BHMning 25 ming baravarigacha kredit ajratiladi. 

Ma’lumot uchun, Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foizni, BHM miqdori esa 412 ming so‘mni tashkil etadi.

Ushbu kredit ta’sischilari tarkibida ayollar ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yoki ayol rahbar tomonidan boshqarilayotgan loyihalarga beriladi. Shuningdek, kredit olish uchun loyiha 10 nafar ish o‘rni yaratishi lozim.

Ma’lumot uchun, mazkur kreditning 70 foizigacha bo‘lgan qismiga Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi kafillik qiladi.

Bundan tashqari, imtiyozli kreditni olish uchun loyiha kamida 10 ta yangi ish o‘rni yaratishi talab etiladi. Mazkur kreditning 70 foizigacha bo‘lgan qismiga Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi kafillik qiladi.

Ushbu kreditlarni kim moliyalashtiradi?

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi farmonda nazarda tutilgan mablag‘larni HAMROH ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasiga Markaziy bankning asosiy stavkasida 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratadi. 

Kompaniya esa kreditlarni moliyalashtirish uchun mazkur mablag‘larni tijorat banklariga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz punkt yuqori stavkagacha 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yildan oshmaydigan muddatga joylashtiradi.

#ayollar#Imtiyozli_kredit

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar