Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining elektr tarmoqlari investorlarga taklif etiladi — Prezident

05.12.2025 12:22
2026-yilda Jizzax va Sirdaryo, 2027-yilda esa Namangan va Toshkent viloyatlari elektr tarmoqlari boshqaruvi ham investorlarga taklif etilishi ma’lum qilindi. Avvalroq, Samarqand viloyati elektr tarmoqlari investorga topshirilgan edi.
Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining elektr tarmoqlari investorlarga taklif etiladi — Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jizzax va Sirdaryo viloyatlari elektr tarmoqlari boshqaruvi investorlarga taklif etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev energetika sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi

Prezidentning aytishicha, joriy yildan boshlab elektr energiyasini nafaqat ishlab chiqarishda, balki uni iste’molchilarga yetkazib berishda ham xususiy sheriklik tamoyillari qo‘llanila boshlangan. 

Eslatib o'tamiz, noyabr oyida Samarqand viloyati elektr tarmoqlari Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasiga topshirilgan edi.

Loyiha Samarqand viloyati elektr taqsimlash tarmoqlarini modernizatsiya qilishni ko‘zda tutadi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Aksa Enerji tarmoqlarni 30 yilgacha boshqaradi va bu muddat shartlar bajarilishi asosida uzaytirilishi mumkin. 

Agar loyiha Samarqandda samarali bo‘lsa, barcha hududlardagi elektr tarmoqlari bosqichma-bosqich xususiy boshqaruvga o‘tkazilishi ta’kidlangan edi. 

Prezidentning yig‘ilishda aytishicha, Samarqand elektr tarmoqlari boshqaruvining turk kompaniyasiga berilishi hisobiga har yili o‘rtacha 20 mln dollar tejaladi. 

Shu tajriba asosida 2026-yilda Jizzax va Sirdaryo, 2027-yilda esa Namangan va Toshkent viloyatlari elektr tarmoqlari boshqaruvi ham investorlarga taklif etilishi ma’lum qilindi.

#aksa_energi#sirdaryo#jizzax

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar