1-iyuldan yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi

11.12.2025 11:18
O'zbekchaРусский
2026-yil 1-yanvargacha barcha savdo va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda elektron to‘lovlarni qabul qilish uchun QR-kod joriy etiladi. 2026-yil 1-iyuldan boshlab esa QR-kod orqali elektron to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi.
1-iyuldan yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi

Foto: iz.ru

2026-yil 1-yanvargacha barcha savdo va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar uchun QR-kod joriy etiladi. Bu borada Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, Markaziy bank 2026-yil 1-yanvargacha barcha savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi QR-kodni joriy etadi. 

2026-yil 1-iyuldan esa barcha savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun elektron QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilish majburiy bo‘ladi. 

Shuningdek, farmon bilan tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlar bartaraf etilmoqda. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan nazorat organlari tadbirkorlik subyektlaridagi tekshiruvlarni bodi-kameralari orqali amalga oshiradi. 

Agar import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari to‘qqiz oy davomida sotilmaganligi aniqlansa, bu soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. Bunda go‘sht va ho‘l meva-sabzavotlar uchun uch oylik muddat belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-apreldan boshlab bir qancha tovar va xizmatlar uchun to‘lovni naqd pulda qabul qilish to‘xtatiladi.

#qr-kod#tadbirkorlar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan