UzAuto Motors ishlab chiqargan avtomobillar sotuvi 5 foizga kamaydi

11.12.2025 09:59
O'zbekchaРусский
2025-yilning yanvar-noyabr oylarida UzAuto Motors kompaniyasi 315,8 mingta avtomobil sotdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,8 foizga kamdir. Ushbu davrda Chevrolet brendining Cobalt modeli eng ko‘p sotildi.
UzAuto Motors ishlab chiqargan avtomobillar sotuvi 5 foizga kamaydi

Foto: UzAuto Motors

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar 2025-yilning yanvar-noyabr oylarida 379 ming 158 ta avtomobil sotdi

Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 ming 169 taga ko‘pdir. 

Manba: O'zAutosanoat

Sotilgan avtomobillarning 48,8 foizini UzAuto Motors kompaniyasi, 34,5 foizini esa Khorezm Auto kompaniyasi ishlab chiqargan. 

Ma’lumot uchun, Khorezm Auto kompaniyasi UzAuto Motors’ning filiali hisoblanadi.

Brendlar bo‘yicha

Ushbu davrda sotilgan avtomobillarning 83,3 foizini Chevrolet brendi tashkil etdi. 

Mazkur brend yetakchilik qilayotgan bo‘lsa-da, uning sotuvlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,8 foizga kamaygan. 

Qolgan barcha brendlarning sotuvida esa o‘sish kuzatildi. Xususan, Haval 184 foiz, Isuzu 54 foiz, Chery 47 foiz, BYD 38 foiz, KIA 38 foizga o‘sdi.

Modellar bo‘yicha

Ushbu davrda 112 ming 530 ta Cobalt modeli sotildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 ming 970 taga kamdir. 

Shuningdek, Onix modelining sotuvlari ham 10 foizga kamaydi. Damas, Tracker, Labo modellarining sotuvi esa aksincha oshdi. 

Xususan, Damas 2 foizga, Tracker 15 foizga, Labo 25 foizga ko‘paydi. 

Manba: O'zAutosanoat

Ulardan keyingi o‘rinda joylashgan KIA Sonet modelining sotuvi esa 10 ming 658 taga oshib, 17 ming 74 taga yetdi. 

BYD Song Plus modelining sotuvlari esa 10 foizga ko‘payib, 6 ming 469 tani tashkil etdi. 

Avvalroq, yanvar-oktyabr oylari uchun avtomobillar sotuvi bo‘yicha ma’lumot bergandik.

#chevrolet#kia#cobalt#avtomobillar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar