Metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda

11.12.2025 12:32
Metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda. Ta’kidlanishicha, qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli import qilinayotgan tabiiy gaz hajmi qisqargan.
Metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda

Foto: Gazeta.uz

Metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov kiritilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi

Ma'lum qilinishicha, qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli import qilinayotgan tabiiy gaz hajmi qisqargan. 

Shu bois mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-grafiklarga muvofiq, metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov joriy etilayotgani ma'lum qilindi.

Birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini (maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shifoxonalar, oliy ta’lim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bosh vazifalarimizdan biri hisoblanadi — deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, vazirlik ushbu zaruriy choralar vaqtinchalik ekanligini va gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini bildirdi. 

Avvalroq, Sirdaryo viloyatidagi issiqlik elektr stansiyasida kuzatilgan nosozlik sabab, ayrim hududlarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar yuz berishi mumkinligi e’lon qilingandi.


#metan_zapravka#cheklov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar