2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar uchun yangi talab kuchga kiradi. Bu borada Prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, mamlakatda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat yuritayotgan xorijiy elektron kompaniyalarga ro‘yxatdan o‘tish haqida xabarlar yuboriladi.
Xabarlar yuborilganidan so‘ng 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tmagan taqdirda ularning faoliyati mamlakat hududida cheklanadi.
Ma’lumot uchun, 2025-yil 12-dekabr holatiga ko‘ra, 76 ta xorijiy elektron kompaniya soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Ushbu kompaniyalar 2025-yilning dastlabki 9 oyida O‘zbekistonda 1,05 trln so‘m daromad olib, mamlakatga 125 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
