BYD murojaati asosida Gasgo Oil kompaniyasi jarimaga tortildi

12.12.2025 05:27
BYD Uzbekistan murojaati asosida Gasgo Oil benzin yetkazib berish kompaniyasi jarimaga tortildi. Murojaatga ko‘ra, Gasgo Oil kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlardagi reklama roliklaridan birida BYD brendini obro‘sizlantiruvchi lavhalardan foydalangan.
BYD murojaati asosida Gasgo Oil kompaniyasi jarimaga tortildi

Foto: Gasgo videolavhasidan olindi

BYD Uzbekistan kompaniyasining murojaati asosida Gasgo Oil benzin yetkazib berish kompaniyasi jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi

Murojaatga ko‘ra, Gasgo Oil kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlardagi reklama roliklaridan birida BYD brendini obro‘sizlantiruvchi lavhalardan foydalangan. 

Raqobat qo‘mitasi murojaatni o‘rganib, Gasgo Oil kompaniyasiga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llashga qaror qildi. 

Shuningdek, qonunbuzarlik holatini bartaraf etish va kelajakda bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 

Reklama to‘g‘risidagi qonunning 16-moddasiga muvofiq, reklamada boshqa shaxslarning tovar va xizmatlarini kamsitish hamda badnom qilish taqiqlanadi. 

Avvalroq, qo‘mita reklama qonuni talablarini buzganligi uchun 1FIT kompaniyasiga ham moliyaviy jarima solgan edi.

#byd#gasgo_oil

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar