Hududlarda metan zapravkalar ish vaqtiga cheklov kiritildi — ro‘yxat

12.12.2025 08:02
O‘zbekistonning bir qator hududlarida metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritildi. Unga ko‘ra, hududlardagi metan zapravkalar ish vaqti grafik asosida ishlaydi. Ro‘yxat:
Hududlarda metan zapravkalar ish vaqtiga cheklov kiritildi — ro‘yxat

Foto: Podrobno.uz

O‘zbekistonning barcha hududlarida metan zapravkalar faoliyatiga cheklovlar kiritildi. 

Bu haqda Hududgazta’minot kompaniyasining hududiy filiallari xabar bermoqda. 

Hududlarga ko'ra, metan zapravkalar quyidagi grafik asosida ishlaydi:

  • Toshkent shahridagi metan zapravkalar ertalab soat 06:00 dan kechki soat 23:00 gacha ishlaydi.
  • Toshkent viloyatidagi metan zapravkalar ertalab soat 05:00 dan kechki soat 17:00 gacha ishlaydi.
  • Andijon viloyatidagi metan zapravkalar ertalab soat 05:00 dan kechki soat 17:00 gacha ishlaydi.
  • Buxoro viloyatidagi metan zapravkalar ertalab soat 06:00 dan kechki soat 19:00 gacha ishlaydi.
  • Sirdaryo viloyatidagi metan zapravkalar kechki soat 18:00 dan ertalab soat 06:00 gacha ishlaydi.
  • Surxondaryo viloyatidagi metan zapravkalar ertalab soat 06:00 dan kechki soat 17:00 gacha ishlaydi.
  • Farg‘ona viloyatidagi metan zapravkalar ertalab soat 06:00 dan kechki soat 18:00 gacha ishlaydi.
  • Namangan viloyatidagi metan zapravkalar ertalab soat 05:00 dan kechki soat 17:00 gacha ishlaydi.
  • Navoiy viloyatidagi metan zapravkalar ertalab soat 06:00 dan kechki soat 19:00 gacha ishlaydi.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi metan zapravkalar ertalab soat 06:00 dan kechki soat 18:00 gacha ishlaydi.
  • Xorazm viloyatidagi metan zapravkalar ertalab soat 05:00 dan kechki soat 17:00 gacha ishlaydi.
  • Samarqand viloyatidagi metan zapravkalar ertalab soat 05:00 dan kechki soat 17:00 gacha ishlaydi.
  • Jizzax viloyatidagi metan zapravkalar ertalab soat 05:00 dan kechki soat 17:00 gacha ishlaydi.
  • Qashqadaryo viloyatidagi metan zapravkalar ertalab soat 05:00 dan kechki soat 17:00 gacha ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov kiritilayotgani haqida ma’lum qilgan edi. 

Ta’kidlanishicha, qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli import qilinayotgan tabiiy gaz hajmi qisqargan. 

Shu bois, grafik asosida metan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov joriy etilayotgani ma’lum qilindi.

#metan_zapravka#cheklov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar