Timur Ishmetov AFI Direktorlar kengashi raisiga o‘rinbosar etib saylandi

15.12.2025 07:32
O'zbekchaРусский
O‘zbekiston Markaziy banki raisi Timur Ishmetov AFI Direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi. Ishmetov shuningdek, AFI tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha Direktorlar kengashidagi vakili sifatida ham tayinladi.
Timur Ishmetov AFI Direktorlar kengashi raisiga o‘rinbosar etib saylandi

Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekiston Markaziy banki raisi Timur Ishmetov AFI Direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi. Tayinlov 5-dekabr kuni AFI Direktorlar kengashining qaroriga binoan amalga oshirildi. 

Kengash, shuningdek, Ishmetovni AFI tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha Direktorlar kengashidagi vakili sifatida ham tayinladi. 

Ishmetovning o‘rinbosar sifatidagi vakolati AFI tomonidan 2026-yilda o‘tkaziladigan yillik umumiy yig‘ilishda tasdiqlanadi. 

O‘zbekiston Markaziy bankining AFI Direktorlar kengashi tarkibiga qabul qilinishi mamlakatimizda moliyaviy inklyuziyani rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda inklyuziv moliyaviy ekotizim asoslarini mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan tub islohotlarning muhim e’tirofidir, - dedi Ishmetov.

Eslatib o‘tamiz, Timur Ishmetov 2024-yilning dekabr oyida O‘zbekiston Markaziy bankining raisi etib tayinlangan edi. 

Uning rahbarligi davrida mamlakatda inflatsiya darajasi 2025-yil noyabr oyi yakuniga ko‘ra 7,5 foizni tashkil etdi. Bu statistika e’lon qilina boshlanganidan buyon eng past ko‘rsatkichdir.

AFI qanday tashkilot?

AFI - bu "Alliance for Financial Inclusion" so‘zining qisqartmasi bo‘lib, Moliyaviy inklyuziya bo‘yicha ittifoq degan ma’noni anglatadi. 

Tashkilotning bosh qarorgohi Kuala-Lumpur shahrida joylashgan bo‘lib, 84 mamlakatdan 90 ta tartibga solish institutlarini birlashtirgan. 

AFI asosan markaziy banklar va nazorat organlari o‘rtasida tajriba almashish, raqamli moliya, gender tenglik, barqaror moliya yo‘nalishlarida tashabbuslarni ilgari surish bilan shug‘ullanadi.

#Timur_Ishmetov#afi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar