Aholiga beriladigan mikroqarz va iste’mol kreditlariga nisbatan yangi cheklovlar joriy etildi

23.12.2025 05:23
O'zbekchaРусский
2026-yil 1-martdan aholi uchun mikroqarz va iste’mol kreditlari olishda eng yuqori miqdor belgilandi. Bunda qarz oluvchining oylik daromadini aniqlash imkoniyati bo‘lsa, beriladigan kredit miqdori mazkur daromadning 8 baravaridan oshmasligi lozim.
Aholiga beriladigan mikroqarz va iste’mol kreditlariga nisbatan yangi cheklovlar joriy etildi

Foto: Getty Images

Jismoniy shaxslar uchun mikroqarz va iste’mol kreditlarini olishda eng yuqori miqdor belgilandi. Bu borada Markaziy bankning tegishli qarori davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Qarorga ko‘ra, banklar bundan buyon qarz oluvchining mavjud iste’mol kreditlari va mikroqarzlari bo‘yicha qarzning daromadga nisbatini hisobga olishi shart.

Ushbu talab aholining haddan tashqari qarzga botib qolishining oldini olishga qaratilgan. 

Shunday qilib, 2026-yil 1-martdan boshlab qarz oluvchining (yoki birgalikda qarz oluvchining) o‘rtacha oylik daromadini aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lsa, beriladigan kredit miqdori mazkur daromadning 8 baravaridan oshmasligi lozim. 

Misol uchun, agar qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadi 10 mln so‘m bo‘lsa, unga beriladigan iste’mol krediti yoki mikroqarzning eng yuqori miqdori 80 mln so‘mdan oshmasligi kerak. 

Qarz oluvchining rasmiy daromadini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, kredit miqdori daromadning 5 baravardan oshmasligi zarur. 

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun esa bu ko‘rsatkich 8 barobar bo‘ladi.

Mazkur cheklovlar yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladigan kreditlarga va ta’lim kreditlariga nisbatan qo‘llanilmaydi. 

Avvalroq, mikroqarz va avtokreditning banklar kesimidagi foiz stavkasi haqida ma’lumot bergandik.

#mikroqarz#kreditga_cheklov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar