2025-yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti tarixda birinchi marta 145 mlrd dollardan oshdi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z Murojaatnomasida ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilda O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti 121,4 mlrd dollarni tashkil etgan edi.
Shuningdek, Prezident 2025-yilda mamlakatning eksport hajmi 23 foizga ko‘payib, 33,4 mlrd dollarga yetishini ta’kidladi.
Shu bilan birga, mamlakat iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 43,1 mlrd dollarga yetgani ma’lum qilindi. Jami investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 31,9 foizni tashkil etmoqda.
Prezidentning aytishicha, bu mamlakat iqtisodiyotining kelgusi yillarda ham yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sib borishi uchun zamin bo‘ladi.
