30-dekabr kuni barcha metan zapravkalar 09:00 dan boshlab 24 soatlik rejimda ishlaydi

29.12.2025 16:55
30-dekabr kuni soat 09:00 dan boshlab O‘zbekistondagi barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
30-dekabr kuni barcha metan zapravkalar 09:00 dan boshlab 24 soatlik rejimda ishlaydi

Foto: Podrobno.uz

30-dekabr kuni soat 09:00 dan boshlab O‘zbekistondagi barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimida faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, 12-dekabr kuni O‘zbekistondagi barcha metan zapravkalarning ish vaqtiga cheklov kiritilgan edi. 

Energetika vazirligi buning sababini qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida yuzaga kelgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz hajmi qisqarganligi bilan izohlagan edi.

Vazirlik o‘z xabarida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini birinchi navbatda tabiiy gaz bilan ta’minlash bosh vazifasi ekanligini aytgandi.

#metan_zapravka

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar