O‘zbekiston Markaziy banki oltin quymalarini sotish narxlari bilan birga ilk bor sotib olish narxlarini ham e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 5-yanvar kuni uchun 1 gramm oltin quymasining sotish narxi 1 mln 747 ming so‘mni tashkil etmoqda.

5.01.2026 holatiga ko'ra. Manba: Markaziy bank
Sotib olish narxi esa quymaning qadoq holati butun bo‘lganda sotish narxidan 3,88 foizga pastroq. Qadoq holati buzilgan quyma narxi esa sotish narxidan 4,85 foizga kamroq.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda o‘lchovli oltin quymalarini banklar orqali xarid qilish mumkin.
Banklardagi sotib olish narxlari Markaziy bank e’lon qilgan narxlardan biroz farq qiladi va har bir bankka ko‘ra alohida belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda oltin narxi 60 foizdan ko‘proq o‘sishga erishdi. Buning natijasida mamlakat valyuta zaxiralari birinchi marta 60 mlrd dollardan oshdi.
Avvalroq, oltin quymalarini qayerdan sotib olish va ularni qanday sotish haqida maqola yozgandik.
