2025-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotiga 43,1 mlrd dollar investitsiya jalb qilindi. Bu 2024-yilga nisbatan 8,3 mlrd dollarga yoki 24 foizga ko‘pdir.
Jalb etilgan mablag'ning 38,2 mlrd dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hissasiga, 4,9 mlrd dollari esa xalqaro moliya institutlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Prezident 2025-yil yakunlari bo‘yicha murojaatnomasida O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti ilk bor 145 mlrd dollardan oshganini ma’lum qildi.
Bu jalb etilgan investitsiyalar mamlakat yalpi ichki mahsulotining 30 foiziga tengligini ko‘rsatadi.
Investitsiya kiritish borasida Xitoy, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni hamda Birlashgan Arab Amirliklari yetakchi bo‘ldi.
Germaniyaning Volkswagen, Yaponiyaning Sojitz kabi brendlari hamda AQShning Citi Group va Franklin Templeton singari yirik moliyaviy tashkilotlari kirib keldi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda O‘zbekiston investitsiya o‘zlashtirish borasida Markaziy Osiyoda yetakchilik qilgandi.
