Berdibek Ahmedov TBC Bank Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi etib saylandi. Bank boshqaruvining bu haqidagi tegishli qarori 2025-yil 29-dekabr kuni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, Ahmedov Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda kelishilgan sanadan boshlab o‘z vakolatlarini bajarishga kirishadi.
Berdibek Ahmedov haqida
Berdibek Ahmedov Buyuk Britaniyaning Lankaster universitetida moliya bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. Investitsiya sohasida 22 yillik tajribaga ega.
Hozirda London shahrida joylashgan Pimco investitsiyalarni boshqarish kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. U kompaniyadagi faoliyatini 2010-yilda boshlagan.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, Ahmedov global obligatsiyalar, ko‘p tarmoqli doimiy daromad va ko‘p aktivli strategiyalar uchun mas’ul hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, TBC Bank TBC Uzbekistan ekotizimining bir qismi hisoblanadi. 2025-yilda ekotizim ko‘plab mutaxassislarni o‘ziga jalb etdi.
Xususan, iyun oyida Oliver Xyuz TBC Digital boshqaruv kompaniyasida Kuzatuv kengashi raisi etib tayinlandi. Devid Nangl va Metyu Risli esa kengash a’zolari sifatida ish boshladi.
