Yandex Go taksi rahbari Timur Aliyev WB Taxi kompaniyasiga o‘tdi

08.01.2026 09:57
O'zbekchaРусский
Timur Aliyev WB Taxi xizmatining O‘zbekistondagi rahbari etib tayinlandi. Aliyev bunga qadar O‘zbekistonda Yandex Go taksi xizmatini 2024-yil iyul oyidan beri boshqarib kelayotgan edi.
Yandex Go taksi rahbari Timur Aliyev WB Taxi kompaniyasiga o‘tdi

Timur Aliyev / Foto: WB Taxi

Timur Aliyev WB Taxi xizmatining O‘zbekistondagi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Spot nashri xabar berdi

Yangi lavozimda Aliyev WB Taxi biznesining barqaror operatsion modelini shakllantirish vazifasini o‘z zimmasiga oladi. 

Uning vazifalari doirasiga hamkorlar, haydovchilar va taksoparklar bilan munosabatlarni rivojlantirish kiradi. 

Timur Aliyev O‘zbekiston taksi bozorining eng tajribali va muvaffaqiyatli top-menejerlaridan biri. Ishonchimiz komilki, uning tajribasi taksi yo‘nalishimizni rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi — dedi RVB texnologiyalar, taksi xizmati va tashishni rivojlantirish departamenti direktori Anatoliy Smorgonskiy.

Kompaniya Toshkent shahrida faoliyatini 2025-yil dekabr oyining o‘rtalarida sinov tariqasida ishga tushirdi

Ushbu davr mobaynida kompaniyaga Anatoliy Smorgonskiy rahbarlik qildi. Xizmat sinov tariqasida ishga tushganidan buyon o‘z mijozlariga keshbek taqdim etib kelmoqda. 

Timur Aliyev haqida

Timur Aliyev tayinlovga qadar O‘zbekistonda Yandex Go taksi xizmatini 2024-yil iyul oyidan boshlab boshqarib kelayotgan edi. 

U haydovchilar uchun raqamli ekotizimni rivojlantirish, 7 ta shaharda taksi agregatorini ishga tushirish, shuningdek, Yandex Flot mahsulotini yaratish uchun mas’ul bo‘lgan. 

Undan avval esa 2022-yil mart oyidan boshlab Beeline aloqa kompaniyasining mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 

Ungacha esa Qirg‘izistonning bir qancha kompaniyalarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

Oliy ma’lumotni Bishkek shahridagi Qirg‘iz-Rus Slavyan universitetida xalqaro munosabatlar bo‘yicha olgan.

#timur_aliyev#wb_taxi#yandex_go

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar