2026-yil 12-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 gramm oltin quymasi 1 mln 802 ming so‘mdan sotilmoqda. Bu rekord ko'rsatkichdir.

Manba: Markaziy bank
Narxlar o‘tgan yilga nisbatan 57 foizga oshgan. Qadoq butun bo‘lgan holatda, qaytarib sotib olish narxi sotish narxidan 3,9 foiz pastroq.
Oltinning jahon bozoridagi narxlari ham o‘z rekordini yangiladi. Xususan, qimmatbaho metallning 1 troy unsiyasi ilk bor 4 ming 600 dollardan oshdi.
Ma’lumot uchun, oltin narxi 2025-yilda 60 foizdan ko‘proq o‘sishga erishdi. Ushbu o‘sish hisobiga mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari birinchi marta 65 mlrd dollardan oshdi.
.jpg)