Sobiq prokuror Zohid Karayev O‘zbekneftgaz kompaniyasi rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi

13.01.2026 09:19
O'zbekchaРусский
Zohid Karayev O‘zbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi rahbari edi.
Sobiq prokuror Zohid Karayev O‘zbekneftgaz kompaniyasi rahbariga o‘rinbosar bo‘ldi

Foto: Toshkent shahri prokraturasi

Zohid Karayev O‘zbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Karayev bunga qadar Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Zohid Karayev mehnat faoliyati davomida Toshkent shahar prokuraturasining yuqori lavozimlarida, jumladan Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari va Chilonzor tuman prokurori sifatida faoliyat yuritgan. 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026-yilda barcha tashkilot va idoralarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha "favqulodda holat" e’lon qilinishini ma’lum qilgan edi. 

Shu munosabat bilan har bir tashkilot rahbariga ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘rinbosar tayinlash vazifasi yuklatilgandi. 

Zohid Karayevning O‘zbekneftgaz kompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlanishi ham Prezident topshirig‘ini bajarish maqsadida amalga oshirilgani ma’lum qilindi. 

2025-yilning dekabr oyida Abdug‘ani Sanginov O‘zbekneftgaz kompaniyasiga boshqaruv raisi etib tayinlangan edi. Avvalroq, Sanginovning tarjimali holi va 43 yillik mehnat faoliyati haqida yozgandik.

#zohid_karayev#o‘zbekneftgaz

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan