Markaziy bank boshqaruvining 15-yanvardagi qaroriga ko‘ra, "Yangi bank" AJning litsenziyasi bekor qilindi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur qaror bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar yetarli natija bermaganligi sababli qabul qilingan.
Xususan, bank ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan eng kam talablar darajasiga yetkazilmagani hamda banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim talablar bajarilmagani tufayli shunday qarorga kelingani aytildi.
Amaldagi tartibga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan boshlab bank ustav kapitalining eng kam miqdori 500 mlrd so‘m bo'lishi kerak.
2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Yangi bank ustav kapitali 355 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2025-yilning avgust oyida Yevroosiyo Bankining litsenziyasi bekor qilingan edi.
