Yangi Bank omonatchilarning pullari belgilangan tartibda qaytariladi — Markaziy bank

15.01.2026 08:42
Markaziy bank qarori bilan Yangi Bank litsenziyasi bekor qilindi. Shundan keyin bank mijozlarining omonatlariga oid turli savollar paydo bo‘ldi. Markaziy bank omonatlarning belgilangan tartibda qaytarilishini ma’lum qildi.
Yangi Bank omonatchilarning pullari belgilangan tartibda qaytariladi — Markaziy bank

Foto: Daryo.uz

Markaziy bank boshqaruvining 15-yanvardagi qaroriga ko‘ra, "Yangi Bank" AJning litsenziyasi bekor qilindi. Bu qaror bank matbuot xizmati tomonidan ham tasdiqlandi.

Omonat qo‘yganlarning puli qaytariladimi?

Markaziy bank ma’lum qilishicha, jismoniy va yuridik shaxslarning banklardagi omonatlari davlat tomonidan qonunda belgilangan miqdorda kafolatlanadi. 

Shu sababli, Yangi Bank omonatchilarining kafolatlangan mablag‘lari Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan qonunda ko‘rsatilgan tartib va miqdorda to‘lanadi. 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, jami 32 526 nafar shaxs ushbu bankka omonat qo‘ygan. Shulardan 32 153 nafar omonatchiga kafolatlangan summalar to‘liq qaytarilishi ma’lum qilindi. 

Qolgan 373 nafar omonatchi mablag‘lari esa tugatish komissiyasi qarori asosida, qonunda belgilangan tartibda qaytariladi. 

Omonatlarni kafolatlash jarayoni Markaziy bank nazorati ostida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 

Markaziy bank bu borada jamoatchilikka muntazam ravishda rasmiy axborot berib borishini ta’kidladi. 

Omonat mablag‘lari haqida batafsil ma’lumotni Omonatlarni kafolatlash agentligining +998-55-550-05-00 ishonch telefoni orqali olish mumkin.

#yangi_bank#omonat

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar