Noodatiy narx o‘sishi sabab O‘zparavtotrans'ning birjadagi savdolari vaqtincha to‘xtatildi

22.01.2026 06:11
O'zbekchaРусский
Toshkent fond birjasida "O‘zparavtotrans" AJ oddiy aksiyalari bilan bog‘liq savdolar vaqtinchalik to‘xtatildi. Ma’lum qilishicha, bunga kompaniyaning oddiy aksiyalari narxi noodatiy tarzda keskin o‘sgani sabab bo‘lgan.
Noodatiy narx o‘sishi sabab O‘zparavtotrans'ning birjadagi savdolari vaqtincha to‘xtatildi

Foto: iStock

Toshkent fond birjasida "O‘zparavtotrans" AJ oddiy aksiyalari bilan bog‘liq savdolar vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda birjaning matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, 8-yanvardan 21-yanvargacha bo‘lgan 10 ish kuni davomida kompaniyaning oddiy aksiyalari narxi birjada 187,95 foizga oshgan. 

Mazkur holatni har tomonlama o‘rganish va narxlarning keskin o‘sish sabablarini tahlil qilish maqsadida ularning aksiyalari bilan bog‘liq savdolar 22-yanvardan to‘xtatildi. 

Birja ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilib borishini ma’lum qildi. 

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, "O‘zparavtotrans" AJ 1995-yilda ro‘yxatdan o‘tgan. 

Manba: stat.uz

Spot nashrining yozishicha, kompaniya ustav kapitali quyidagi taqsimlangan:

  • Davaktiv — 38,33%
  • O‘zbekneftgaz — 20,34%
  • Alpenfort Capital — 26,33%
  • Magelan Services GmbH — 15%

Eslatib o‘tamiz, 21-yanvardan boshlab SQB hamda Ipoteka-bank aksiyalari savdosi ham vaqtincha to‘xtatildi

Bu holda ham banklarning aksiya narxlari noodatiy tarzda keskin oshganligi sabab sifatida ko‘rsatildi.

#o‘zparavtotrans#Toshkent_fond_birjasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar