Toshkent fond birjasida "O‘zparavtotrans" AJ oddiy aksiyalari bilan bog‘liq savdolar vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda birjaning matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 8-yanvardan 21-yanvargacha bo‘lgan 10 ish kuni davomida kompaniyaning oddiy aksiyalari narxi birjada 187,95 foizga oshgan.
Mazkur holatni har tomonlama o‘rganish va narxlarning keskin o‘sish sabablarini tahlil qilish maqsadida ularning aksiyalari bilan bog‘liq savdolar 22-yanvardan to‘xtatildi.
Birja ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilib borishini ma’lum qildi.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, "O‘zparavtotrans" AJ 1995-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.

Manba: stat.uz
Spot nashrining yozishicha, kompaniya ustav kapitali quyidagi taqsimlangan:
- Davaktiv — 38,33%
- O‘zbekneftgaz — 20,34%
- Alpenfort Capital — 26,33%
- Magelan Services GmbH — 15%
Eslatib o‘tamiz, 21-yanvardan boshlab SQB hamda Ipoteka-bank aksiyalari savdosi ham vaqtincha to‘xtatildi.
Bu holda ham banklarning aksiya narxlari noodatiy tarzda keskin oshganligi sabab sifatida ko‘rsatildi.
