Yangi rekord: O‘zbekistonda oltin narxi bir yilda 71 foizga oshdi

27.01.2026 05:03
O'zbekchaРусский
2026-yil 27-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 gramm oltin quymasining sotish narxi 2 mln 37 ming so‘mni tashkil etmoqda. Bu rekord ko‘rsatkichdir. Qaytarib sotib olish narxi esa quyma qadog‘i butun bo‘lganda sotish narxidan 4 foizga pastroq.
Yangi rekord: O‘zbekistonda oltin narxi bir yilda 71 foizga oshdi

Foto: frankmedia.ru

2026-yil 27-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 gramm oltin quymasining sotish narxi 2 mln 37 ming so‘mni tashkil etmoqda.

E’tiborli jihati, oltin quyma narxlari ketma-ket oltinchi kun rekord o‘rnatmoqda.

Qaytarib sotib olish narxi esa quyma qadog‘i butun bo‘lganda sotish narxidan 4 foiz pastroq.

27.01.2026 / Manba: Markaziy bank

Taqqoslash uchun, oltin narxi yil boshiga nisbatan 17 foizga, o‘tgan yilning ayni shu kuniga nisbatan esa 71 foizga oshgan. 

Oltin narxi jahon bozorida ham yangi rekordlarni o‘rnatmoqda. 26-yanvar kuni uning 1 troy unsiyasining narxi tarixda ilk bor 5 ming dollardan oshdi.

27-yanvar kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, oltinning 1 troy unsiyasi 5068 dollarni tashkil etmoqda.

Avvalroq, O‘zbekistonda oltin quymalarini qanday va qayerdan sotib olish to‘g‘risida ma’lumot bergandik.

#oltin_narxlari

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar