Tashabbusli budjet loyihasining 2026-yilgi birinchi mavsumi 1-fevraldan boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
Ushbu mavsum loyiha o‘tkazib kelinayotganidan buyon o‘ninchi mavsum hisoblanadi. Bunda:
- 1-20-fevral kunlari loyihalar taqdim etiladi.
- 21-fevraldan 7-martgacha loyihalar saralanadi.
- 8-10-mart kunlari targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi.
- 11-20-mart kunlari ovoz berish bosqichi bo‘lib o‘tadi.
An’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlari bo‘yicha g‘olib loyihalar 21-mart kuni e’lon qilinishi aytildi.
Avvalroq, 2025-yil yakunlari bo‘yicha Tashabbusli budjet loyihalariga qancha mablag‘ ajratilgani haqida ma’lumot bergandik.
