2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 78 ta xorijiy elektron kompaniyasi O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.
Ular 2025-yilda mamlakatda 1 trln 482 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatib, shu yil davomida 181 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Taqqoslash uchun, 2024-yilda ular 121 mlrd so‘m soliq to‘lagan edi.

Manba: Soliq qo'mitasi
2024-yilda O‘zbekistonga eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy elektron kompaniyasi Meta bo‘lgan. 2025-yilda u ikkinchi o‘ringa tushib qoldi.
Birinchi o‘rinni esa qariyb 50 mlrd so‘m soliq to‘lagan Apple egalladi. Apple, Meta va Google kompaniyalari to‘lagan soliqlar umumiy summaning 79 foizini tashkil etdi.
2025-yilning aprel oyi boshida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan OpenAI kompaniyasi qariyb 12 mlrd so‘m soliq to‘ladi va yil davomida 57,8 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatdi.
TikTok O‘zbekistonda bloklangan bo‘lishiga qaramay, mamlakatda qariyb 30 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatib, 3,6 mlrd so‘m soliq to‘ladi.
Amazon 2024-yilda 33,4 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatib, 4,2 mlrd so‘m soliq to‘lagan edi. 2025-yilda esa kompaniya 14 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatdi va 1,5 mlrd so‘m soliq to‘ladi.
Netflix kompaniyasining to‘lagan soliqlari va daromadlari esa sohib bormoqda.
Avvalroq, Epic Games hamda FunPlus kompaniyalari O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgandi.
.jpg)