Epic Games va FunPlus O‘zbekistonda QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

23.01.2026 10:27
Epic Games hamda Funplus International AG kompaniyalari O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Shunday qilib, O‘zbekistonda soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy elektron kompaniyalar soni 81 taga yetdi.
Epic Games va FunPlus O‘zbekistonda QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Foto: Epic Games

Epic Games hamda FunPlus kompaniyalari O‘zbekistonda QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Shunday qilib, O‘zbekistonda soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy elektron kompaniyalar soni 81 taga yetdi. 

Ro‘yxatga olingan har ikkala kompaniya Shveysariyada ro‘yxatga olingan bo‘lib, video o‘yinlar va dasturiy ta’minotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 

Ular tomonidan ishlab chiqarilgan bir qancha mashhur video o‘yinlar mavjud. Xususan, Fortnite video o‘yini aynan Epic Games tomonidan yaratilgan. 

FunPlus kompaniyasi esa asosan mobil o‘yinlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya King of Avalon, Sea of Conquest kabi video o‘yinlarni yaratgan. 

Eslatib o‘tamiz, 2026-yildan boshlab O‘zbekistonda soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tmay faoliyat yuritayotgan xorijiy elektron kompaniyalarga ro‘yxatdan o‘tish haqida xabarlar yuboriladi. 

Xabarlar yuborilganidan so‘ng, 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tmagan taqdirda ularning faoliyati mamlakat hududida cheklanishi belgilangan

Avvalroq, elektron kompaniyalarning O‘zbekistonga qancha soliq to‘layotgani to‘g‘risida ma’lumot bergandik.

#epic_games#funplus_international#xorijiy_kompaniyalar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar