Biznesni rivojlantirish banki ustav kapitalini 4,2 trln so‘mga oshirmoqda

05.02.2026 11:49
Biznesni rivojlantirish banki ustav kapitalini oshirish maqsadida nominal qiymati 119,25 so‘m bo‘lgan 35 mlrd dona aksiya chiqarishga qaror qildi. Buning natijasida bankning ustav kapitali 4 trln 173 mlrd so‘mga ko‘payib, 5 trln 689 mlrd so‘mga yetadi.
Biznesni rivojlantirish banki ustav kapitalini 4,2 trln so‘mga oshirmoqda

Foto: Yandex Maps

Biznesni rivojlantirish banki o‘z ustav kapitalini oshirmoqda. Bu bo‘yicha bankning tegishli qarori 29-yanvar kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari yig‘ilishda qabul qilindi

Ustav kapitalini oshirish maqsadida bank nominal qiymati 119,25 so‘m bo‘lgan 35 mlrd dona aksiya chiqarishga qaror qildi. 

Buning natijasida bankning ustav kapitali 4 trln 173 mlrd so‘mga ko‘payib, 5 trln 689 mlrd so‘mga yetishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Biznesni rivojlantirish banki davlat banki hisoblanadi. 

Uning 74,4 foiz ulushi O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, 23,9 foizi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishlidir. 

Qolgan 1,7 foiz ulush esa boshqalarga qarashli ekanligi ko‘rsatilgan.

Biznesni rivojlantirish banki 2025-yilda 503 mlrd so‘m sof foyda oldi. 2024-yilda esa bank O‘zbekiston banklari orasida eng ko‘p, aniqrog‘i 2 trln 231 mlrd so‘m zarar ko‘rdi.

Avvalroq, Biznesni rivojlantirish bankining boshlang‘ich qiymati 6,2 mlrd so‘m bo‘lgan tenderi bekor qilingandi.

#BRB#ustav_kapital

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar