Alhadaya mahsulotini ishlab chiqaruvchi kompaniya jarimaga tortildi

13.02.2026 06:05
Raqobat qo‘mitasi Alhadaya biologik faol qo‘shimchasini ishlab chiqaruvchi kompaniyani jarimaga tortdi. Bunga kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamasi sabab bo‘lgani aytildi. Biologik faol qo‘shimchalarni dori sifatida reklama qilish taqiqlanadi.
Alhadaya mahsulotini ishlab chiqaruvchi kompaniya jarimaga tortildi

Foto: Alhadaya

Raqobat qo‘mitasi Alhadaya biologik faol qo‘shimchasini ishlab chiqaruvchi kompaniyani jarimaga tortdi

Bunga sabab kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamasi ekanligi aytildi. 

Qo‘mita tekshiruvlariga ko‘ra, kompaniya reklamasida biologik faol qo‘shimcha haqida to‘liq ma’lumot berilmagan. 

Buning o‘rniga mahsulotning kasalliklarni yengillashtirishi to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan. 

Amaldagi reklama qonunchiligida biologik faol qo‘shimchalar reklamasiga oid bir qator talablar belgilangan. 

Xususan, ular dori vositalari hisoblanishi va davolash xususiyatlariga ega ekanligi haqida taassurot uyg‘otmasligi lozim. 

Aksincha, reklamalarda ularning dori vositasi emasligini ta’kidlash zarur. 

Shuningdek, ularni qo‘llash natijasida odamlar davolanganligini ko‘rsatmaslik kerak. 

Qo‘mita yuqoridagilarni inobatga olib, Alhadaya mahsulotini ishlab chiqaruvchi "Alhadaya New" MChJga nisbatan jarima qo‘llashga qaror qildi. 

So‘nggi paytlarda bunday reklamalar ko‘payib bormoqda. 

Qo‘mita bundan oldin Orthomol hamda Ajr Qora-Sedana biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni ham jarimaga tortgan edi.

#alhadaya#Raqobat_qo'mitasi#reklama

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar