O‘zbekiston 2025-yilda Afg‘onistonning ikkinchi eng yirik savdo hamkori bo‘ldi

02.03.2026 10:29
Iqtisodchi Miromil Xolboyevning o‘rganishlariga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistonning Afg‘oniston importidagi ulushi 6,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilning dastlabki 10 oyida bu ko‘rsatkich 18,8 foizga yetgan.
O‘zbekiston 2025-yilda Afg‘onistonning ikkinchi eng yirik savdo hamkori bo‘ldi

Foto: brookings.edu

2025-yilda O‘zbekistonning Afg‘onistonga eksport hajmi 1,5 mlrd dollarga yetdi. 

Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 40 foizga, 2021-yilga nisbatan esa 2,3 barobarga oshgan. 

O‘zbekistonning Afg‘oniston importidagi ulushi ham sezilarli darajada yaxshilandi. 

Iqtisodchi Miromil Xolboyevning o‘rganishlariga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistonning Afg‘oniston importidagi ulushi 6,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilning dastlabki 10 oyida bu ko‘rsatkich 18,8 foizga yetgan. 

Shu davrda O‘zbekiston Afg‘oniston uchun Xitoydan keyingi ikkinchi yirik hamkorga aylangan. 

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning dekabr oyida O‘zbekiston va Afg‘onistonni bog‘lovchi Termiz–Hayraton ko‘prigi ochildi

Mazkur ko‘prik orqali ikki davlat o‘rtasidagi qatnov 2021-yilda cheklangandi. 

Ushbu ko‘prikning ochilishi natijasida 2026-yilga kelib O‘zbekistonning Afg‘onistonga eksport hajmi 2,5 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston tadbirkorlarning Afg‘oniston bozoriga chiqishini bir qator imtiyozlar bilan qo‘llab-quvvatlashi belgilandi. 

Unga ko‘ra, Hayraton yoki Mozori Sharifda ombor ochgan tadbirkorlarning omborni saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlari to‘liq qoplanadi

Shuningdek, mahsulotlarni Afg‘onistonning 34 ta viloyatida reklama qilish xarajatlari ham davlat tomonidan to‘liq qoplab beriladi.

#afg'oniston

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar