2025-yilda oltin bozori asosiy e’tiborni o‘ziga qaratdi. Yil davomida narxlar 50 martadan ko‘proq rekord darajaga yetdi.
Yil yakuniga kelib, oltin bahosi 60 foizdan ziyodroqqa oshib, 1979-yildan buyon eng yaxshi yillik natijani qayd etdi.
Bu o‘sishdan nafaqat oltin investorlari, balki konchilik kompaniyalari ham katta foyda ko‘rdi.
Mining.com o‘z an’anasiga ko‘ra, eng ko‘p oltin qazib olgan kompaniyalar nomini e’lon qildi.
2025-yilda ushbu ro‘yxatning birinchi o‘rnini AQShning Kolorado shtatida joylashgan Newmont kompaniyasi egalladi. Kompaniya yil davomida 183,2 tonna oltin qazib olgan.

Infografika: tanga.uz
Beshinchi o‘rinni O‘zbekistondagi Navoiy kon-metallurgiya kombinati band etdi.
Mining.com ma’lumotlariga ko‘ra, kombinat 2025-yilda 98,3 tonna oltin qazib olgan. Ishlab chiqarish hajmi esa 2 foizga oshgan.
Kichik o‘sishga qaramay, oltin narxining keskin ko‘tarilishi hisobiga kombinatning sof foydasi 64 foizga ortdi.
Kombinatning moliyaviy ko‘rsatkichlari ushbu maqolada batafsil yoritilgan.
Mining.com ma’lumotlariga ko‘ra, kombinatning konchilik aktivlari hozirda taxminan 4 ming 665 tonna oltin zaxirasiga ega.
NKMK 2024-yilda dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin qazib olgan kompaniya bo‘lgan edi.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati esa 34,66 tonna oltin qazib olib, beshinchi o‘rinni egallagandi.
Biroq OKMK 2025-yilda Mining.com nashrining eng ko‘p oltin qazib olgan o‘nta kompaniyasi ro‘yxatidan joy olmadi.
OKMK moliyaviy hisobotiga ko‘ra, 2025-yilda uning sof foydasi 50 foizdan ko‘proqqa oshgan.
