Wildberries kompaniyasi Citymobil va Taxovichkof taksi agregatorlarini hamda Gruzovichkof logistika kompaniyasini sotib oldi.
Bu haqda RBK nashri xabar berdi. Bitim summasi oshkor etilmagan.

Foto: zr.ru
Nashrning yozishicha, summa shartlarga qarab 3 mlrd rubldan (32,5 mln dollar) 8 mlrd rublgacha (86,5 mln dollar) bo‘lishi mumkin.
Wildberries ushbu xaridni o‘zining transport logistika xizmatlarini rivojlantirish strategiyasining bir qismi ekanini ma’lum qilgan.

Foto: Yandex Maps
Kompaniya taksi biznesiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. 2025-yilning iyul oyida Belarusda WB Taxi xizmatini ishga tushirgan edi.
Shu yilning noyabr oyi oxirida esa u Toshkent shahrida ham ishlay boshladi. Xizmat dastlabki bosqichda yopiq rejimda faoliyat yuritdi.
2025-yilning mart oyi o‘rtalariga kelib esa xizmat Toshkentda barcha uchun ochiq bo‘ldi.
Kompaniya bu vaqt ichida sinov ishtirokchilarini rag‘batlantirish maqsadida yo‘l haqining yarmini keshbek sifatida qaytargan.
Ushbu keshbek hozirda ham amalda. Kompaniya boshqaruvga tajribali mutaxassis Timur Aliyevni ham jalb qildi.
Aliyev bunga qadar Yandex Go taksi xizmati rahbari bo‘lgan.
2025-yilning mart oyi oxirida WB Taxi xizmati Qirg‘izistonda ham yopiq rejimda ishga tushirilgani ma’lum bo‘ldi.
Kompaniya yuqoridagi xarid yordamida o‘z xizmatini Rossiyada ham tez kunlarda ishga tushirishi mumkin.
