“Universal Mobile Systems” MChJning (MobiUz) ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotish yakuniy bosqichda turibdi.
Kompaniyani xususiylashtirish jarayoni 2025-yilning 9-iyunida boshlangan edi.
Uni sotib olishga 15 ta mahalliy va xalqaro investor qiziqish bildirgani ma’lum bo‘ldi.
Investorlar orasidan eng yuqori narx va raqobatbardosh shartlarni taklif etgan uch nafar nomzod tanlab olindi.
Ularga o‘z takliflarini yaxshilash uchun 2026-yilning 23-yanvariga qadar muddat berilgan edi.
3-aprel kuniga kelib Davlat aktivlarini boshqarish agentligi investorlarga yana muddat berilganini ma’lum qildi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, eng maqbul natijaga erishish uchun savdo jarayonining ayrim parametrlari takomillashtirilishi mumkin.
Shu doirada investorlarga o‘z takliflarini yaxshilash uchun 21-aprelgacha yana muddat berilgani ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, hukumat MobiUz kompaniyasini 300 mln dollarga sotishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.
