ANORBANK tomonidan “Anor Tech” MChJ tashkil etilib, bankning affillangan shaxslari ro‘yxatiga kiritildi.
Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.
Ochiq manbalarga ko‘ra, Anor Tech korxonasi (ustav fondi 10 mlrd so‘m) 2026-yilning 14-aprelida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Manba: stat.uz
Korxona rahbari sifatida Gimadiyev Sergey Abdulxayevich ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu shaxs O‘zbekiston bank tizimidagi yetakchi menejerlardan biri hisoblanadi.
Gimadiyev 2026-yil boshida ANORBANK Kuzatuv kengashi raisining katta maslahatchisi lavozimida ishlay boshlagani ma’lum bo‘lgandi.
Bungacha esa u Apex Bank boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
