Milliy investitsiya fondi (UzNIF) o‘zining ommaviy taklifini (IPO) muvaffaqiyatli yakunladi.
Buning natijada fond qo‘shimcha joylashtirish opsionini hisobga olmaganda 603,6 mln dollar mablag‘ jalb etdi.
Opsion inobatga olinsa, joylashtirishning umumiy hajmi 692 mln dollardan oshishi, sotilgan aksiyalar ulushi esa 35 foizgacha yetishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, fond kapitalining 31 foizi aprel oyi oxirida IPO orqali mahalliy va xorijiy investorlarga taklif qilingan edi.
12-maygacha davom etgan jarayonda fond aksiyalariga talab taklifdan 4 barobarga yuqori bo‘ldi.
Avvalroq, UzNIF aksiyalari rasman Toshkent fond birjasida savdo qilinadigan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritilgani xabar qilingandi.
Aksiyalarning 18-maydan Toshkent fond birjasida erkin muomalaga chiqarilishi kutilmoqda.
Oddiy aksiyalar birjada UZ7058980010 kodi va UZNF tickeri bilan savdoga qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, UzNIF davlatga tegishli 13 ta yirik kompaniyaning 25 foizdan 40 foizgacha bo‘lgan strategik ulushlariga egalik qiladi.
.jpg)
Infografika: tanga.uz
