Poytaxt Bank boshqaruv raisiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

14.05.2026 13:15
O'zbekchaРусский
Poytaxt Bank boshqaruv raisiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bank Kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra, Davron Isroilov Poytaxt Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, Shaig Gaziyev boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Poytaxt Bank boshqaruv raisiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Poytaxt Bank

Poytaxt Bank boshqaruv raisiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida xabar berildi.

Bank Kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra, Davron Isroilov Poytaxt Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Davron Isroilov / Foto: Bank-moliya va fintexdagi tayinlovlar kanali

Shuningdek, Shaig Gaziyev boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Gaziyev tayinlovga qadar Korporativ kreditlash departamenti rahbari lavozimida ishlagan.

Bankning bosh buxgalteri Anvarjon Abdullayev esa lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, 20-aprel kuni Dilshod Po‘latov Poytaxt Bank boshqaruv raisi lavozimidan ozod etilgan edi.

Bankni vaqtincha boshqarish esa bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Akmal Xodjakulovga yuklatilgandi.

30-aprel kuni bank aksiyadorining qarori bilan Feruz Azimov mazkur bank boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlov Markaziy bank tomonidan ma’qullangach, rasman kuchga kiradi.

#Poytaxt_Bank#davron_isroilov#shaig_gaziyev

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar