Shuhratbek Kurbanov Simple Smart Systems fintex kompaniyasining direktori etib tayinlandi.
Mazkur kompaniya 2026-yil 22-aprelda Markaziy bankning Axborotlashtirish bosh markazi hamda Garov reestri davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etilgan.

Manba: stat.uz
Eslatib o‘tamiz, Kurbanov aprel oyi boshida TBC Uzbekistan boshqaruv raisining maslahatchisi lavozimini tark etgan edi. Ushbu lavozimda u bir yildan kamroq faoliyat ko‘rsatdi.
Ungacha esa HUMO to‘lov tizimi tashkil etilganidan buyon, ya’ni 2019-yildan beri qariyb olti yil davomida kompaniyaga rahbarlik qilgan.
To‘lov tizimi 2025-yil yanvar oyida Paynet kompaniyasiga sotilganidan ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i, shu yilning 6-martida u lavozimidan ozod etilgan edi.
Avvalroq, HUMO to‘lov tizimi boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Maksad Muhitdinov Axborotlashtirish bosh markazi direktorining raqamli moliyaviy yechimlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani ma'lum bo'lgandi.
Muhitdinov ham, markazning amaldagi rahbari Nuriddin Hamidov ham Kurbanov singari HUMO to‘lov tizimining tashkil etilishida ishtirok etgan.
.jpg)