18-may kuni Click aksiyadorlari taqsimlanmagan foydasining bir qismini taqsimlashga qaror qildi.
Unga ko‘ra, 78,6 mlrd so‘m taqsimlanmagan foydaning 52,6 mlrd so‘mi dividendlar to‘lashga yo‘naltiriladi.
Kompaniyaning har bir aksiyasi uchun 2629,06 so‘mdan dividend to‘lanishi belgilandi.
Qolgan qismi esa tegishli qaror qabul qilinguniga qadar taqsimlanmagan holda qoldirildi.
Ma’lumot uchun, Click yanvar va mart oylarida ham taqsimlanmagan foydasining bir qismini dividend to‘lashga yo‘naltirgandi.
Bunda yanvar oyida 36 mlrd so‘m, mart oyida ham 36 mlrd so‘m dividend to‘langan edi.
Har ikki holatda ham har bir aksiya uchun 1800 so‘mdan dividend to‘langandi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Click va Halyk Bank o‘rtasidagi kelishuv amalga oshmagani ma’lum bo‘lgandi.
.png)