Birinchi chorakda to‘lov tashkilotlari qancha sof foyda ko‘rdi?

22.05.2026 12:30
O'zbekchaРусский
2026-yilning birinchi choragida mavjud 50 ta to‘lov tashkilotining 33 tasi o‘z moliyaviy hisobotini e’lon qildi. Ularning 19 tasi ushbu davrni foyda bilan yakunlagan bo‘lsa, qolgan 14 tasi zarar ko‘rgan.
Birinchi chorakda to‘lov tashkilotlari qancha sof foyda ko‘rdi?

Foto: tanga.uz

22-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 50 ta to‘lov tashkiloti faoliyat yuritmoqda.

Ulardan Digital Pay, Paypoint, Whirl hamda Zaytun Tech tashkilotlari 2026-yilda to‘lov tashkiloti litsenziyasini olgan.

To‘lov tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritgani bois, ularning moliyaviy ko‘rsatkichlari ham e’lon qilib boriladi.

2026-yilning birinchi choragida mavjud 50 ta to‘lov tashkilotining 33 tasi o‘z moliyaviy hisobotini e’lon qildi.

Ularning 19 tasi ushbu davrni foyda bilan yakunlagan bo‘lsa, qolgan 14 tasi zarar ko‘rgan.

Infografika: tanga.uz

Bu davrda O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasining sof foydasi keskin o‘sdi.

Birja o‘tgan yilning mos davrini 3,7 mlrd so‘m zarar bilan yakunlagan bo‘lsa, joriy davrda 122 mlrd so‘m sof foyda oldi.

Miqdoriy jihatdan eng yuqori o‘sish Paynet kompaniyasida kuzatilib, kompaniya sof foydasini 341 mlrd so‘mga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, Uzum Nasiya tashkiloti ham foydasini 1,7 barobarga oshirib, 261 mlrd so‘mga yetkazgan.

Payme hamda Click kompaniyalarining sof foydasi esa mos ravishda 30 mlrd so‘m va 5,3 mlrd so‘mga ko‘paygan.

O‘rganilgan 33 ta to‘lov tashkilotining umumiy foydasi 1 trln 47 mlrd so‘mga teng bo‘ldi.

Shundan 632 mlrd so‘mi Paynet, Payme hamda Click to‘lov tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Avvalroq, I chorak yakunlari bo‘yicha banklar hamda to‘lov tizimlarining qancha sof foyda olgani ma’lum bo‘lgandi.

#to'lov_tashkilotlari#sof_foyda

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar