UzSungwoo korxonasidagi 50 foiz davlat ulushi auksionda 586 mlrd so‘mga sotildi

02.06.2026 06:47
O'zbekchaРусский
UzSungwoo qo‘shma korxonasidagi 50 foiz davlat ulushi auksionda 586 mlrd so‘mga sotildi. Savdolar 34 daqiqa davom etdi. Yakunda boshlang‘ich narxdan (390 mlrd so‘m) 1,5 baravar yuqori taklif bergan “Roodell” MChJ g‘olib bo‘ldi.
UzSungwoo korxonasidagi 50 foiz davlat ulushi auksionda 586 mlrd so‘mga sotildi

Foto: E-auksion

UzSungwoo qo‘shma korxonasidagi 50 foiz davlat ulushi auksionda 586 mlrd so‘mga sotildi. Savdolar 34 daqiqa davom etdi.

Yakunda boshlang‘ich narxdan (390 mlrd so‘m) 1,5 baravar yuqori taklif bergan “Roodell” MChJ g‘olib bo‘ldi.

Xaridor kompaniya avtomobillarning ulgurji savdosi sohasida faoliyat yuritish bo‘yicha ro‘yxatga olingan. Uning ta’sischilari sifatida uch nafar jismoniy shaxs ko‘rsatilgan.

Manba: stat.uz

Shuningdek, Roodell bir qator xorijiy avtomobil brendlarining O‘zbekistondagi servis markazi bo'lgan Roodell Service kompaniyasiga ham egalik qiladi.

Ma’lumot uchun, UzSungwoo korxonasi Farg‘ona shahrida joylashgan bo‘lib, UzAuto Motors avtomobillari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaradi.

Avvalroq, zavod, uning majburiyatlari hamda davlat ulushini sotib olgan kompaniyaning majburiyatlari haqida ma’lumot bergandik.

Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors avtomobillari uchun yoritish chiroqlarini ishlab chiqaruvchi UzChasys korxonasidagi 70 foiz davlat ulushi auksionda 333 mlrd so‘mga sotilgan edi.

#uzsungwoo#roodell

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar