May oyida aholiga sezilgan inflatsiya rasmiy ko‘rsatkichdan ikki barobar yuqori bo‘ldi

16.06.2026 07:57
O'zbekchaРусский
Markaziy bank aholining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, may oyida aholi inflyatsiyani 10,3 foiz darajasida sezgan. Bu may oyida qayd etilgan rasmiy inflyatsiya darajasidan deyarli ikki barobar yuqoridir.
May oyida aholiga sezilgan inflatsiya rasmiy ko‘rsatkichdan ikki barobar yuqori bo‘ldi

Foto: Yandex Maps

Markaziy bank aholining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, may oyida aholi inflyatsiyani 10,3 foiz darajasida sezgan.

Bu may oyida qayd etilgan rasmiy inflyatsiya darajasidan deyarli ikki barobar yuqoridir.


Sezilgan inflyatsiyaning eng yuqori darajasi Farg‘ona viloyatida kuzatilgan.

Manba: Markaziy bank

Vaholanki, rasmiy statistikada Farg‘onada inflyatsiya darajasi 5 foizgacha tushib, hududlar orasida eng past ko‘rsatkichni qayd etgan edi.

Mahsulotlar kesimida ham aholi sezgan inflyatsiya rasmiy ko‘rsatkichdan ancha yuqori bo‘lgan.

Jumladan, go‘sht (rasmiy statistikada — 3,6%) va sut narxining o‘sishi aholiga o‘rtacha 55 foiz darajasida sezilgan.

Benzin va yoqilg‘i narxlari 28 foiz, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari esa 25 foiz darajasida sezilgani ma’lum bo‘ldi.

Manba: Markaziy bank

Bu aholi sezgan inflyatsiya rasmiy ko‘rsatkichdan bir necha barobar yuqori ekanini ko‘rsatadi.

May oyida aholi daromadlari kesimida inflyatsiya nisbatan daromadi yuqori bo‘lgan qatlamga ko‘proq sezilgan.

Manba: Markaziy bank

Xususan, oylik daromadi 30 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholi uchun inflyatsiya 13,5 foiz darajasida sezilgan.

Oylik daromadi 2 mln so‘mgacha bo‘lgan aholi uchun bu ko‘rsatkich 8 foizni tashkil etib, eng past daraja bo‘lgan.

Aholi tarkibida inflyatsiya eng ko‘p pensionerlarga, eng kam esa talabalarga sezilgan.

Manba: Markaziy bank

Pensionerlarning inflyatsion kutilmalari ham aholining boshqa qatlamlariga qaraganda yuqori bo‘lib turibdi.

#sezilgan_inflatsiya

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar