Davr Bank nazorat paketining Ozarbayjon bankiga sotilishi III chorakda amalga oshishi kutilmoqda — Fitch

14.08.2026 10:55
O'zbekchaРусский
Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Ozarbayjon xalqaro banki (ABB) tomonidan Davr Bank aksiyalarining 51 foizini sotib olish joriy yilning uchinchi choragi oxirigacha yakunlanishini kutmoqda.
Davr Bank nazorat paketining Ozarbayjon bankiga sotilishi III chorakda amalga oshishi kutilmoqda — Fitch

Foto: Davr Bank

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi Ozarbayjon xalqaro banki (ABB) tomonidan Davr Bank aksiyalarining 51 foizini sotib olish joriy yilning uchinchi choragi oxirigacha yakunlanishini kutmoqda.

Bu haqda agentlikning ABB bo‘yicha hisobotida ma’lum qilingan.

Fitch hisobotida ushbu bitim Ozarbayjon xalqaro bankining kredit profiliga neytral ta’sir ko‘rsatishi kutilayotgani qayd etilgan.

Davr Bank nazorat paketining sotib olinishi Ozarbayjon xalqaro bankining yuqori daromadli bozorlarga diversifikatsiya qilish strategiyasiga mos keladi — deyiladi hisobotda.

Agentlikning baholashicha, Davr Bank nazorat paketini sotib olish Ozarbayjon xalqaro bankining kredit holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil may oyining boshida Ozarbayjon xalqaro banki Davr Bank nazorat paketini sotib olayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Iyun oyida Davr bank aksiyadorlari ABB bilan bankning 51 foizlik nazorat paketini sotish bo‘yicha bitimni yakunlashga rozilik bergan.

Shuningdek, kelajakda yana 23 foizlik aksiyalar ulushini sotish shartlari muhokama qilinishi aytilgandi.

ABB Boshqaruv kengashi raisi Abbos Ibrohimovga ko‘ra, tomonlar bitimni joriy yilning ikkinchi yarmida yakunlashni rejalashtirgan.

Tegishli tartibga soluvchi organlar tomonidan bitimga rozilik berilgach, bank O‘zbekistonda ABB Davr Bank nomi ostida faoliyat yuritishi kutilmoqda.

Abbos Ibrohimovning aytishicha, bankni sotib olishga kiritiladigan investitsiyalar hajmi 100 mln dollardan oshadi.

Eslatib o‘tamiz, iyun oyining oxirida ABB vakillari Davr Bank nazorat paketini sotib olish va kelgusidagi rejalar yuzasidan Markaziy bank vakillari bilan uchrashgan edi.

#davr_bank#abb#fitch

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan