AloqaBank boshqaruv raisi o‘rinbosari Akmal Xolmuradov lavozimidan ozod etildi

05.10.2026 09:55
O'zbekchaРусский
2025-yil 8-apreldan buyon AloqaBank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Xolmuradov Akmal Tolmasovich o‘z xohishiga ko‘ra ushbu lavozimdan ozod etildi. U, shuningdek, bank boshqaruvi a’zoligidan ham chiqarildi.
AloqaBank boshqaruv raisi o‘rinbosari Akmal Xolmuradov lavozimidan ozod etildi

Akmal Xolmuradov / Foto: AloqaBank

Xolmuradov Akmal Tolmasovich AloqaBank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Tegishli qaror 30-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan bank Kuzatuv kengashi yig‘ilishida qabul qilingan.

Yig‘ilish bayonnomasidan ko‘chirmaga ko‘ra, Xolmuradov o‘z xohishi bilan ushbu lavozimni tark etmoqda, shuningdek, u bank boshqaruv a’zoligidan ham chiqarildi.

Uning o‘rniga bankning Korporativ biznes departamenti rahbari Tursunov Oltiboy Umirzakovichni Boshqaruv a’zoligiga kiritish ma’qullandi. 

Ushbu nomzodning Boshqaruv a’zosi sifatida lavozimga kirishishi Markaziy bank bilan kelishilganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, davlat banklarida boshqaruv raisi o‘rinbosarlari soni bittaga qisqartirilmoqda.

Avvalroq mazkur o‘zgarishlar doirasida Mikrokreditbank va Turonbank boshqaruv raisi o‘rinbosarlaridan biri ham lavozimidan ozod etilgan edi. 

Mustaqil manbalarning ma’lum qilishicha, qolgan boshqa davlat banklarida ham shunday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

#aloqabank#akmal_xolmuradov

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan